Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

25 yildan beri soxta diplom bilan ishlab kelayotgan o‘qituvchilar aniqlandi

25 yildan beri soxta diplom bilan ishlab kelayotgan o‘qituvchilar aniqlandi

Bosh prokurutara departamenti Mirishkor tuman bo‘limi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazdi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Tekshiruv davomida fuqarolar S.G. va B.A. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan berilgan diplomlarining qalbaki ekanini oldindan bila turib, fuqaro S.G. tumandagi 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 1993-yildan 2018-yilga qadar boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi va fuqaro B.A. 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 1997-yildan 2018-yilga qadar jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlab kelganliklari aniqlangan.

Tekshirish davomida fuqarolar S.G. va B.A.ga qalbaki diplomlarni yuqoridagi oliygohda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan X.Z. ismli shaxs tayyorlab bergani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring