Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Floydning oilasiga 27 million dollar to‘lanadi

Floydning oilasiga 27 million dollar to‘lanadi

Minneapolis (AQSh) hukumati afroamerikalik Jorj Floydning oilasiga 27 million dollar to‘laydigan bo‘ldi. Shahar kengashi majlisida shunday qarorga kelingan.

Floyd oilasi advokatlarining aytishlaricha, bu o‘ldirilgan afroamerikalik ishi bo‘yicha to‘lanadigan eng katta tovon puli.

Floydning yaqinlari o‘tgan iyul oyida Minneapolis hukumati va politsiyaning to‘rt nafar sobiq xodimini sudga berishgandi.

Ayblanuvchilardan biri ustidan sud boshlangan: politsiya sobiq xodimi Derek Shovin «qora kursi»da. Shovin qo‘lga olish chog‘i ehtiyotsizlik qilib, Floydning o‘limiga sababchi bo‘lgan.

Shovin qasddan qilinmagan qotillikda ayblanyapti. Hozir hakamlar hay’atiga a’zolar yig‘ilmoqda. Yaqinda hukm chiqaruvchilikka nomzodlardan yana biri tasdiqlangan. Ularning soni jami 12 nafar bo‘lishi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring