Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

3 oyda Rossiyani qariyb 10 mln rossiyalik tark etgan – statistika

3 oyda Rossiyani qariyb 10 mln rossiyalik tark etgan – statistika

Joriy yilning iyulidan sentyabrigacha bo‘lgan davrda rossiyaliklar Qozog‘iston (1,3 mln), Armaniston (267 ming), Qirg‘iziston (167 ming) va Tojikiston (103 ming)ga chiqib ketishi bo‘yicha 5 yillik rekordni yangiladi.

Bu haqda Federal xavfsizlik xizmati (FXX)ning 2022-yil 3-chorak bo‘yicha xorijga chiqib ketgan rossiyaliklar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 2022-yil iyuldan sentyabrgacha jami 9,7 mln rossiyalik xorijga chiqib ketgan. Bu pandemiyadan oldingi 2019-yilga nisbatan past (16,1 mln).

Eng ko‘p Abxaziyaga – deyarli 2,5 mln kishi. Ikkinchi o‘rinda Turkiya (deyarli 2,1 mln kirish, asosan turizm maqsadida).

Uchinchi chorakda Rossiyadan O‘zbekistonga 126 ming kishi keldi. Gruziyaga – 461 ming kishi.

FXX statistikasiga ko‘ra, hisobot davrida Rossiyani tark etgan mamlakat  fuqarolarining 70 foizi 5ta davlatga – Abxaziya, Turkiya, Qozog‘iston, Gruziya va Finlyandiya davlatlariga to‘g‘ri keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring