Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 3600 nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 3600 nafardan oshdi

Foto: «Xabar.uz»

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 50 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 18 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 9 nafar, 3-sonli tug‘ruq majmuasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafardan, jami 79 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 34 nafari erkak, 16 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 69 yoshda, yoshi kichigi 2020 yil tug‘ilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahridan 12 nafar, Andijon, Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridan 6 nafardan,  Samarqand viloyatidan 5 nafar, Farg‘ona viloyatidan 4 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Namangan, Xorazm viloyatlaridan 2 nafardan, Navoiy, Jizzax viloyatlari va Qozog‘iston Respublikasidan 1 nafardan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 8 nafari erkak, 10 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 69 yoshda, yoshi kichigi 2019-yil tug‘ilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Surxondaryo viloyatidan 5 nafar, Toshkent shahridan 4 nafar, Farg‘ona viloyatidan 3 nafar, Xorazm va Toshkent viloyatidan 2 nafardan, Buxoro va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafardan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 7 erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 44 yoshda, yoshi kichigi 24 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent viloyatidan 3 nafar, Farg‘ona viloyatidan 2 nafar, Andijon, Sirdaryo, Namangan viloyatlari va Toshkent shahridan 1 nafardan.

3-sonli tug‘ruq majmuasida shifo topgan 1 nafar 28 yoshli ayol esa Toshkent viloyati Parkent tumanidan. Shunday qilib, endilikda Toshkent shahrida jami tuzalganlar soni 1670 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida sog‘aygan fuqaro 41 yoshli erkak bo‘lib, shu bilan ushbu hududda tuzalganlar 134 nafarga yetdi, davolanayotganlar esa 2 nafarni tashkil etmoqda.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar soni 3611 nafarga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring