Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

500 nafar o‘zbekistonlik Deutsche Bahn kompaniyasi uchun o‘qitiladi va ishga jo‘natiladi

500 nafar o‘zbekistonlik Deutsche Bahn kompaniyasi uchun o‘qitiladi va ishga jo‘natiladi

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer ishtirokida qator qo‘shma investitsiya va ta’lim loyihalariga start berildi.

Ular orasida Migratsiya agentligi Germaniya bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan ikki muhim tashabbus ham bor. Har ikki loyihaning qiymati 1 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Birinchi loyiha Germaniyaning yirik temir yo‘l operatori — Deutsche Bahn bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, 500 nafar mutaxassis Germaniya temir yo‘l sohasi uchun maqsadli tayyorlanadi va yuqori maoshli ish o‘rinlariga yo‘naltiriladi.

Ikkinchi loyiha esa O‘zbekistonda TELC xalqaro imtihon markazlari tarmog‘ini tashkil etishni nazarda tutadi. Ushbu tashabbus yoshlarga Gyote sertifikatlari bilan bir qatorda TELC sertifikatini ham mamlakat ichida olish imkonini beradi.

Loyiha doirasida har yili 30 mingdan ortiq fuqaro O‘zbekistonning o‘zida imtihon topshirib, xalqaro darajada tan olinadigan sertifikatni qo‘lga kiritishi mumkin.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, mazkur loyihalar mehnat migratsiyasini tartibli tashkil etish, kadrlar malakasini oshirish va Germaniya mehnat bozori uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring