Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

55 nafar hokim yordamchisi jazolandi

55 nafar hokim yordamchisi jazolandi

Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni tomonidan tadbirkorlar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi tahlil qilinganda, ayrim hokim yordamchilari tomonidan qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Vazirlar Mahkamasining 373-son qaroriga asosan, hokim yordamchisi tadbirkorning kredit olish uchun arizasini 5 kun ichida ko‘rib chiqib, Yagona elektron platformaga o‘z xulosasini kiritishi shart.

Ammo Jizzax viloyatidagi 55 nafar hokim yordamchisi ushbu talabga rioya qilmagan. Ularning harakatsizligi oqibatida 110 dan ortiq tadbirkorning murojaati o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmadi.

Zomin tumanidagi «Yaxshi niyat» (nomi o‘zgartirilgan) MChJ rahbarining kredit olish uchun arizasi belgilangan muddatdan 60 kunga kechikib ko‘rib chiqilgani bunga misol bo‘la oladi.

Qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan mas’ul shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring