Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

6-iyul kuni havo yanada qiziydi

6-iyul kuni havo yanada qiziydi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 6-iyul kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +22 ... +24 daraja, kunduzi +38 ... +40 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +23 ... +28 daraja, kunduzi +38 ... +43 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +24 ... +29 daraja, kunduzi +38 ... +43 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +21 ... +26 daraja, kunduzi +35 ... +40 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +24 ... +29 daraja, kunduzi +37 ... +42, Termizda kechasi +23 ... +28 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +20 ... +25 daraja, kunduzi +35 ... +40 daraja issiq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +17 ... +22, kunduzi +27 ... +32 daraja issiq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi +21 ... +26, kunduzi +35 ... +40 daraja isishi mumkin. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring