Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

6 oyda qariyb yarim milliard dollarlik un va bug‘doy import qilingan – statistika

6 oyda qariyb yarim milliard dollarlik un va bug‘doy import qilingan – statistika

2022-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 422,4 mln dollarlik bug‘doy, 72,7 mln dollarlik bug‘doy unini import qilgan. 

Davstatqo‘m oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan mahsulotlar haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar-iyul oylarida import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qiymati:

– Shakarqamish – 251,7 mln. AQSh dollariga

– Margarin mahsulotlari – 173,3 mln. AQSh dollariga

– Qoramol go‘shti – 116,4 mln. AQSh dollariga

– Kakao va shokolad – 61,5 mln. AQSh dollariga

– Kartoshka – 57,2 mln. AQSh dollariga

– Sut mahsulotlari – 45,4 mln. AQSh dollariga

– Bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari – 41,8 mln. AQSh dollariga

– Banan – 29,4 mln. AQSh dollariga

– Choy – 27 mln. AQSh dollariga

– Parranda go‘shti – 25,4 mln. AQSh dollariga

– Makkajo‘xori – 22,6 mln. AQSh dollariga

– Kofe – 17 mln. AQSh dollariga

– Qandolat mahsulotlari – 14,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring