6,1 mln litr sifatsiz benzin sotilishining oldi olindi – Energetika vazirligi
«O‘zenergoinspeksiya»ning nazorat-kimyo laboratoriyalari tomonidan neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida 91 holatda ayrim AYoQShlarda 6 mln 105 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishining oldi olindi», deb xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Biroq vazirlik sifatsiz benzin aynan qaysi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida aniqlangani, u AYoQShlargacha qanday yetib kelgani, aybdorlarga qanday jazo berilgani haqida lom-mim deyilmagan. «O‘zenergoinspeksiya» aniqlangan kamchiliklar tezda bartaraf etilishi bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsamalar berilib, ularning bajarilishini nazoratga olgani ma’lum qilingan xolos.
Avvalroq, to‘qqiz oy davomida «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan O‘zbekistondagi xususiy yonilg‘i quyish shoxobchalarida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida 9,15 mln litr sifatsiz benzin sotilishining oldi olingani aytilgandi.
Yil boshida AI-80 benzinini AI-92 deb sotgan «zapravka»lar fosh qilingandi.
2022 yilda respublika miqyosida 299 ta AYoQShda 15 mln litr sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter