Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Imtiyozli kredit mablag‘lari talon-toroj qilinganligi fosh etildi

Imtiyozli kredit mablag‘lari talon-toroj qilinganligi fosh etildi

Foto: «Yaplakal.com»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nishon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «B.B.», «N.X.», «T.X.» va «N.T.» MChJlar tomonidan «Har bir oila-tadbirkor» dasturi doirasida tumandagi «Paxtazor» va «Samarqand» MFYlarda yashovchi 64 nafar fuqaroning jami 80,1 sotix yer maydonidagi issiqxonalarni to‘liq qurib berilmasdan 713,8 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi, shuningdek, «B.B.» MChJ faoliyati davomida 575,4 mln so‘m soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganligi hamda juda ko‘p miqdorda savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 184-moddasi (soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) va 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring