Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

8-avgustda Oq uyda Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolanadi — Tramp

8-avgustda Oq uyda Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolanadi — Tramp

Foto: JAM-news.net

AQSh prezidenti Donald Tramp 8-avgust kuni Oq uyda Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolanishini ma’lum qildi.

«Ertaga Oq uyda bo‘lib o‘tadigan Tarixiy tinchlik sammitida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuvni intiqlik bilan kutyapman. Bu ikki millat o‘rtasida uzoq yillar davom etgan urush minglab odamlarning o‘limiga sabab bo‘ldi. Urushga chek qo‘yishga uringan ko‘plab yetakchilar muvaffaqiyatsizlikka uchradi, ammo «TRAMP» sababli bunga nuqta qo‘yiladi.

Ma’muriyatim ikkala tomon bilan anchadan beri muloqot qilib keladi. Ertaga Oq uyga Prezident Aliyev va Bosh vazir Pashinyan mening ishtirokimda tinchlik shartnomasini tantanali ravishda imzolash uchun tashrif buyurishadi. Qo‘shma Shtatlar ham ikki davlat bilan Janubiy Kavkaz mintaqasining salohiyatini to‘liq ochish, iqtisodiy imkoniyatlarni birgalikda rivojlantirish uchun ikki tomonlama shartnomalar imzolaydi.

Men bu mard yetakchilar Armaniston va Ozarbayjonning buyuk xalqlari uchun to‘g‘ri tanlov qilayotganidan juda faxrlanaman. Bu Armaniston, Ozarbayjon, AQSh va JAHON uchun tarixiy kun bo‘ladi. Ko‘rishguncha!», deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring