Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

A Seriyaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari (top-15)

A Seriyaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari (top-15)

Dushan Vlahovich.

Foto: Sport-Ekspress

Capalogy portali A Seriya (Italiya chempionati)ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari reytingini tuzdi.

«Yuventus»ning serb hujumchisi Dushan Vlahovich Italiyada eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi. Uning yillik ish haqi 22 mln yevro atrofida.

Solishtirish uchun: Ispaniya chempionatida eng ko‘p maosh to‘lanadigan Kilian Mbappe «Real»dan yiliga 31,2 mln yevro oladi. Umuman olganda, eng yuqori maoshlar ispan klublarida italyan klublariga qaraganda sezilardi darajada baland: Italiya chempionatidagi maoshi eng yaxshi uch futbolchigina La Liga top-20ligiga kira olgan bo‘lardi.

A Seriya: eng yuqori maosh oluvchi futbolchilar (top-15):

  1. Dushan Vlahovich («Yuventus») 22 mln yevro
  2. Lautaro Martines («Inter») 16,6 mln yevro
  3. Paulo Dibala («Roma») 12,9 mln yevro
  4. Nikolo Barella («Inter») 12 mln yevro
  5. Jonatan Devid («Yuventus») 11,1 mln yevro
  6. Hoqon Chalxono‘g‘li («Inter») 11,1 mln yevro
  7. Kevin De Bryuyne («Napoli») 11,1 mln yevro
  8. Alessandro Bastoni («Inter») 10,1 mln yevro
  9. Bremer («Yuventus») 9,2 mln yevro
  10. Pyotr Zelinski («Inter») 8,3 mln yevro
  11. Alvaro Morata («Komo») 8,3 mln yevro
  12. Markus Tyuram («Inter») 7,6 mln yevro
  13. Romelu Lukaku («Napoli») 7,6 mln yevro
  14. Federiko Dimarko («Inter») 7,4 mln yevro
  15. Ismoil Bennaser («Milan») 7 mln yevro

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring