Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abituriyentlar sonini onlayn ko‘rish imkoniyati yaratildi

Abituriyentlar sonini onlayn ko‘rish imkoniyati yaratildi

Foto:«Rubrika»

Davlat test markazi tomonidan yaratilgan qabul.dtm.uz saytida OTMlarga kirish imtihonlarida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ta’lim yo‘nalishlari kesimida onlayn tanishish imkoni yaratildi.

Bunda tanlagan oliy ta’lim muassasasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

- qabul rejasi (davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida);
- abituriyentlar soni;
- tanlov ko‘rsatkichi.

Mazkur ma’lumotlar har bir ta’lim shakli bo‘yicha alohida ko‘rsatiladi va har soatda yangilanadi.

Skrinshot:Qabul.dtm.uz

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring