Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘on jangchilari Pokiston postiga hujum qildi

Afg‘on jangchilari Pokiston postiga hujum qildi

Afg‘oniston jangchilari kecha tunda Pokiston harbiy postiga og‘ir qurollar bilan hujum qilgan. Oqibatda 3 harbiy halok bo‘lgani aytilmoqda.

Shimoliy Vaziriston tumanida ro‘y bergan otishma sababi sifatida Afg‘onistonda so‘nggi kunlarda ro‘y bergan portlashlar ko‘rsatilgan. Ayniqsa, Qunduzdagi masjidda kuzatilgan portlashda 33 kishi halok bo‘lgandi.

Afg‘on matbuoti xabariga ko‘ra, portlashlarni Pokistonning terrorchilik guruhlari amalga oshirgan. Ayni paytda esa Eron ham afg‘on yurtidagi notinchlik bo‘yicha xavotirini bildirgan.

IShID portlashlarning aksariyatini o‘z bo‘yniga olgani aytilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring