Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afg‘onistondagi YTHda 15 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi YTHda 15 kishi halok bo‘ldi

Foto: «RIA Novosti»

Afg‘oniston shimolida yo‘l transporti hodisasi sodir bo‘lishi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti» axborot agentligi.

Yana 35 kishi turli darajada tan jarohati olgan.

Voqea erta tongda Farah viloyatida sodir bo‘lgan. Farahdan Kobul sari harakatlanayotgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. 

Jarohatlanganlarning barchasi shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan ayrimlarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring