Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afrikada bir kunda prezident va bosh vazirga suiqasd qilindi

Afrikada bir kunda prezident va bosh vazirga suiqasd qilindi

Foto: «heraldnet.com»

Zimbabve prezidenti Emmerson Mnangagvaga suiqasd uyushtirildi. Prezident Bulavayo shahridagi stadionda nutq so‘zlayotganida kutilmaganda portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda vitse-prezident Konstantino Chivenga, uning rafiqasi va vazirlardan biri jabr ko‘rdi. Prezident o‘z vaqtida xavfsiz yerga evakuatsiya qilindi. Bu haqda «Lenta.ru» xabar bermoqda.

Bundan tashqari, Addis-Abebada Efiopiya bosh vaziri Abiya Ahmadni qo‘llab o‘tkazilayotgan namoyish chog‘ida ham granata portlatildi. Portlash Ahmad poytaxtdagi markazga yig‘ilgan minglab kishilar oldida nutq so‘zlab bo‘lishi bilan yuz bergan. Natijada bir kishi halok bo‘lgan, 150 kishi jarohatlangan. Bosh vazirni esa qo‘riqchilar olib ketishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring