Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afrikada Marburg virusi tarqalmoqda, qurbonlar bor

Afrikada Marburg virusi tarqalmoqda, qurbonlar bor

Ekvatorial Gvineya mamlakatida ilk bor Marburg virusi tarqalishi qayd etildi. Bu haqda JSST ma’lum qildi.

Virusdan kamida to‘qqiz kishi vafot etgan. Ularning barchasi G‘arbiy Kiyentem provinsiyasidan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hozir mamlakatda 16 kishi kasallikka gumon qilinib, karantinga olingan. Barcha bemorlarda isitma, charchoq, bosh og‘rig‘i va qon aralash qayt qilish kabi xarakterli alomatlar kuzatilgan.

JSSTning bayonotiga ko‘ra, Marburg virusi odamlarga ko‘rshapalaklardan yuqishi mumkin. Qolaversa, infeksiyaga chalingan bemorlardan ajraladigan biologik suyuqliklar (qon, tupik, peshob) bilan bevosita aloqa qilish, shuningdek, turli jismlar yuzalari orqali faol tarqaladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Marburg virusi Ebola singari o‘ta yuqumli bo‘lib, hozircha tasdiqlangan davo muolajalari mavjud emas. Qolaversa, bu xastalikka qarshi vaksinalar ham yaratilmagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili mazkur xavfli xastalik G‘arbiy Afrikaning Gana mamlakatida ham qayd etilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring