Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Agrar universitetida yangi ta’lim yo‘nalishi ochilmoqda!

Agrar universitetida yangi ta’lim yo‘nalishi ochilmoqda!

Foto: Xabar.uz

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuzilmasida davlat-xususiy sheriklik asosida Organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan agroklaster tashkil etiladi. Bu haqda «Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori loyihasida so‘z yuritilgan.

Hujjatga ko‘ra, Organik agroklasterning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda:

  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini organik usulda yetishtirishni tashkil etish;
  • organik sifatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqishda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish;
  • organik mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va ilg‘or texnika va texnologiyalardan samarali foydalanish yo‘lida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
  • qishloq xo‘jaligining resurs tejamkor xorijiy texnika va texnologiyalarni keltirish, dala tajribalari va laboratoriya sinovlari o‘tkazish hamda uning ijobiy natijalarini keng joriy etishga tavsiya etish.

Shuningdek, qaror bilan 2020-2021-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universitetida «Organik qishloq xo‘jaligi va organik mahsulot yetishtirish» bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ochilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring