Aguero kutilmaganda maydonga yiqildi va shifoxonaga olib ketildi

«Barselona» hujumchisi Serxio Aguero La Liganing 12-turidan o‘rin olgan «Alaves»ga qarshi o‘yinning (1:1) birinchi bo‘limida o‘zini yomon his qildi.
Argentinalik futbolchi kutilmaganda maydonga yiqildi va tibbiyot xodimlari yordami bilan u maydonni o‘zi tark etdi. Futbolchi ko‘kragini ushlab, nafas olishda qiynalganini ko‘rish mumkin edi.
Ispaniya matbuoti xabar berishicha, Aguero tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketilgan va u yerda chuqurlashtirilgan ko‘rikdan o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter