Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aholi uchun elektr narxi qachon tabaqalashtirilgan tariflarga o‘tishi aytildi

Aholi uchun elektr narxi qachon tabaqalashtirilgan tariflarga o‘tishi aytildi

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov aholi uchun elektr energiya narxlarining qachon oshishi haqidagi savolga javob berdi.

Vazirning aytishicha, hozircha loyiha sifatida muhokamaga qo‘yilgan hujjatda faqat yuridik shaxslar uchun tariflar belgilangan, aholi uchun narxlar o‘zgartirilmayapti.

«Aholi uchun tabaqalashtirilgan tariflarni belgilashdan oldin biz eng avvalo uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berishni ta’minlashimiz kerak. Ya’ni narx oshsayu, lekin yana elektrda uzilish bo‘laversa, aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘ladi. Shu sababli biz hozirda generatsiyalarni oshirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish ishlarini jadallashtiryapmiz.

Agar uzluksiz elektr yetkazib berishni ta’minlay olsakgina, aholi uchun elektr energiyasida tabaqalashtirilgan tariflarni 2024-yilning 1-mayidan joriy qilish bo‘yicha loyihani Hukumatga kiritishni rejalashtiryapmiz. Lekin bu aynan shu kundan narx oshadi, degani emas, hozircha barchasi loyiha, xolos», – deyidi Mirzamahmudov.

Eslatib o‘tamiz, tabaqalashtirilgan tarif deganda belgilangan «ijtimoiy norma»dan ko‘p elektr iste’mol qilayotgan xonadonlar uchun narx oshishi ko‘zda tutiladi.

Vazirlikka ko‘ra, hozir 85 foiz aholi bir oyda 300 kW•soatgacha elektr iste’mol qilyapti. Lekin qolgan 15 foiz aholi ishlatayotgan elektr energiyasi hajmi mana shu 85 foiz aholinikidan ko‘proq.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring