Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholisi eng tez ko‘payayotgan viloyatlar reytingi e’lon qilindi

Aholisi eng tez ko‘payayotgan viloyatlar reytingi e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYo organlarida respublika bo‘yicha 141 090 tug‘ilish holatlari qayd etilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4 714 taga (3,5 foiz) ko‘paygan.

Hududlar kesimida tug‘ilishlar soni:

Samarqand viloyati – 16 500,
Farg‘ona viloyati – 15 099,
Qashqadaryo viloyati – 14 766,
Surxondaryo viloyati – 13 010,
Andijon viloyati – 12 469,
Toshkent shahri – 12 291,
Namangan viloyati – 12 145,
Toshkent viloyati – 11 062,
Buxoro viloyati – 6 612,
Xorazm viloyati – 6 501,
Qoraqalpog‘iston – 6 436,
Jizzax viloyati – 6 365,
Navoiy viloyati – 4 185,
Sirdaryo viloyati – 3 649 nafar.

2023-yilning fevral oyida respublika bo‘yicha 64 879 ta tirik tug‘ilish holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring