Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abituriyentlarning ariza to‘ldirishda o‘qish shakllarini tanlash imkoniyati kengaydi

Abituriyentlarning ariza to‘ldirishda o‘qish shakllarini tanlash imkoniyati kengaydi

Foto: «Xabar.uz»

Abituriyentlar tomonidan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga topshiriladigan arizalar shaklini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyruqqa o‘zgartirishlar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

O‘zgartirishlarga ko‘ra abituriyentlar tomonidan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga topshiriladigan ariza to‘ldirish jarayonida quyidagi o‘qish shakllaridan tanlash imkoniyati mavjud:

  • kunduzgi;
  • maxsus sirtqi;
  • sirtqi;
  • kechki.

Bundan oldin arizada faqat kunduzgi va maxsus sirtqi o‘qish shakllarini tanlash imkoni mavjud bo‘lgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring