Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ajabtovur yo‘l harakati qoidalari

Ajabtovur yo‘l harakati qoidalari

«Inson va qonun» gazetasida dunyodagi ajabtovur yo‘l harakati qoidalari haqida qiziqarli faktlar e’lon qilindi.

● Islandiyada sayohat mobaynida tabiat injiqliklariga duch kelish ehtimoli juda yuqori, binobarin, favqulodda hodisalarga tayyor turish kerak. Bu yerda vulqon kuli tarqalishi tez-tez ro‘y beradi va o‘ta kuchli shamollar esib turadi. Orolning ba’zi qismlarida faqatgina yo‘ltanlamas (jip) avtomobillarida yurish mumkin.

● AQShda avtomobillarning davlat raqami belgilari haydovchi istaganidek bo‘lishi mumkin. Bunda davlat raqamida shtat belgilaridan tashqari, haydovchining istagiga ko‘ra olti belgidan iborat so‘z yozish imkoni bor. Shuning uchun AQShda TOSKENT, TOWKENT, FARHOD, UZBEK kabi davlat raqami belgilarini uchratsa bo‘ladi.

● Buyuk Britaniyada yo‘l politsiyasi to‘x­tatganda hay­dovchi guvohnomasini ko‘rsat­maslik huquqiga ega. Ism-sha­ri­fini aytsa, politsiya xodimi tar­moqqa ulangan qurilmasidan haydovchi avtomobilni boshqarish huquqiga egami yo‘qmi aniqlab oladi.

● Italiyada avtomobil boshqa­rar­kan­siz, bitta g‘aroyib qo­idaga amal qilishga majbursiz: it olib yursangiz, ungayam xavfsizlik kamarini taqishingiz shart. Germaniyada esa, it «yuk» hisoblanadi, unga kamar taq­masangiz ham bo‘ladi.

● Birlashgan Arab Amirliklarida tuya yuqori maqomga ega. «Sahro qi­rollari»ga bo‘lgan hurmat yo‘l harakatida ham aksini topadi — avtomobillar tuyalarga yo‘l berishga majbur.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring