«Ajoyib 23 yil». Jon Terri katta futbol bilan xayrlashdi
Zamonamizning eng taniqli futbolchilaridan biri, «Chelsi» klubi hamda Angliya terma jamoasining sobiq sardori Jon Terri «Instagram»dagi sahifasida o‘yinchilik faoliyatiga nuqta qo‘yishini ma’lum qildi.
— Futbolchi sifatida ajoyib 23 yil to‘p surdim, endi xayrlashishning ayni fursati, — deb yozdi Terri.
U oilasi, yaqinlari, do‘stlari, sobiq jamoadoshlari, murabbiylari — barchasiga minnatdorlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida Terri Moskvaning «Spartak» klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin edi. Biroq oilasi bilan maslahatdan so‘ng u Rossiyaga borish fikridan qaytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter