Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aktyor ikki hafta karantinda o‘tirmaydigan bo‘ldi

Aktyor ikki hafta karantinda o‘tirmaydigan bo‘ldi

Foto: «RIA Novosti»

Tom Kruz xorijdan keluvchilarning hammasi ikki hafta karantinda o‘tirishi shart bo‘lgan yangi cheklovlar joriy etilishidan bir necha soat oldin Londonga qo‘nishga ulgurdi, deya xabar berdi «The Sun».

Hukumat 8-iyun, dushanba kuni yangi cheklov choralarini joriy etishga qaror qildi. 57 yoshli Gollivud aktyori Tom Kruz esa yakshanba kuni oqshom Britaniya poytaxti yaqinidagi «Biggin Hill» aeroportiga kelib qo‘ndi.

U Oksford yaqinida Qirollik harbiy-havo kuchlarining tashlandiq bazasiga «Uddalab bo‘lmas topshiriq» filmining yettinchi qismini suratga olish ishlarini tiklash uchun yetib keldi.

«Tomning aynan yakshanba oqshomida yetib kelishi tasodif emas. Suratga olish guruhi bosh qahramonning 14 kun karantinda o‘tirishini xohlamadi», — dedi nashr suhbatdoshi.

U Floridadan Buyuk Britaniyagacha 11 soat parvoz qilgan. Taxminlarga ko‘ra, aktyor Londonda yashaydi va suratga olish ishlariga vertolyotda qatnaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring