Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aleksey Navalniy qurbaqa zaharidan vafot etgani aytilmoqda

Aleksey Navalniy qurbaqa zaharidan vafot etgani aytilmoqda

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy epibatidindan zaharlanib vafot etgani haqida Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya va Niderlandiya qo‘shma bayonot berdi.

«Aleksey Navalniydan olingan namunalar tahlili asosida hukumatlarimiz shunday xulosaga kelishdi. Ushbu tahlillar epibatidin mavjudligini aniq tasdiqladi. Epibatidin — Janubiy Amerikada, daraxtda yashovchi qurbaqalarning zahari.

Rossiya rasmiy bayonotida Navalniy tabiiy holatda o‘lgani ta’kidlanadi. Ammo epibatidinning toksik ekani va tasvirlangan alomatlar hisobga olinsa, uning o‘limiga, katta ehtimol bilan zaharlanish sabab bo‘lgan. Navalniy qamoqda vafot etdi, demak, Rossiyada unga bu zaharni berish uchun mablag‘, asos va imkoniyat bor edi», — deyiladi Buyuk Britaniya hukumati saytida e’lon qilingan hujjatda.

Ushbu ma’lumotlar «kimyoviy qurollarni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyani, bu holatda esa biologik va toksik qurollarni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyani bir necha bor buzganligi uchun Rossiyani javobgarlikka tortish zarurligini yana bir bor ta’kidlaydi», deya xulosa qilingan u yerda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring