Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Alisher Qodirov yangi vazirlik tashkil etishni taklif qildi

Alisher Qodirov yangi vazirlik tashkil etishni taklif qildi

«Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov partiyaning kengaytirilgan yig‘ilishida tarbiya borasida bir qator takliflar bilan chiqdi. 

Jumladan, Qodirov yangi Tarbiya va ta’lim vazirligini tuzish lozimligini ko‘targan. 

«Tarbiya va ta’lim vazirligi tashkil etilib, vazirning uchta: oila va xotin-qizlar masalalariga mas’ul, bog‘chada tarbiya va boshlang‘ich ta’limni tashkil etishga mas’ul, maktabda ta’lim va tarbiyani tashkil qilishga mas’ul o‘rinbosarlari bo‘lishi taklif qilinadi.

Bu vazirlik har bir bolani oiladan boshlab maktabdan chiqib ketgunicha (tug‘ilganidan 18 yoshgacha) bo‘lgan davrda tarbiyasi va ta’lim sifati uchun mas’ul bo‘ladi. Vazirlikka ota-onalar bilan yaqindan ishlash, ularni malakasini oshirish bilan birga, mas’uliyatsizlik uchun javobgarlikka tortishni tashabbus qilish vakolatlari ham berilishi kerak», — deyiladi taklifda.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilgi prezidentlik saylovi oldidan Qodirovning chet elda ishlayotgan migrantlardan soliq olish taklifi katta munozaralarga sabab bo‘lgandi. Ushbu masalaga hatto amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev ham munosabat bildirgan.

Ma’lumot uchun, ayni paytda O‘zbekistonda ta’limga taalluqli uchta vazirlik faoliyat yuritmoqda: Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirliklari. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring