Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aliya Nazarboyeva: «Bu biz uchun shafqatsiz saboq bo‘ldi»

Aliya Nazarboyeva: «Bu biz uchun shafqatsiz saboq bo‘ldi»

Foto: 24.kg

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning kenja qizi Aliya Nazarboyeva mamlakatdagi vaziyat «katta saboq» bo‘lganini aytib o‘tdi. Bu haqda u «Instagram» sahifasida post qoldirgan. 

«Aziz do‘stlar! Yurtimizdagi fojiali voqealar qalbni chuqur qayg‘uga soldi.  Qurbonlar va o‘lganlar sabab dard va nadomatlarni so‘z bilan ifodalash qiyin. Men barcha qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildiraman.

Barchamiz uchun bu shafqatsiz saboq tariximizda so‘nggisi bo‘lsin. Tinch davrda odamlarning qurbon bo‘lishi adolatdan emas.

Ayni damda otamni ma’naviy qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorlik bildiraman. Otamga shu kunlarda turli hududlardan ko‘plab xat-xabarlar kelmoqda.

Qozog‘istonga faqat tinchlik-xotirjamlik, qozoq xalqiga farovonlik va sog‘lik tilayman. O‘zingizni asrang!», — deb yozgan Aliya Nazarboyeva.

Avvalroq Qosim-Jo‘mart To‘qayev «Qozog‘iston mustaqillik tarixidagi eng yirik inqirozni boshidan kechirdi», deya aytib o‘tgan edi.

«Yanvar oyida bir necha kun davomida Qozog‘iston keng ko‘lamli inqirozni boshidan kechirdi. Bu mustaqillikning 30 yillik tarixidagi eng qiyin vaziyat bo‘ldi.  Umuman olganda, mamlakatimiz  hozirgacha bunday darajadagi haqiqiy tahdidga duch kelmagan»,— deya ta’kidlagan Qozog‘iston Prezidenti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring