Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amerikada «Abdullajon qovog‘i» yetishtirildi

Amerikada «Abdullajon qovog‘i» yetishtirildi

Foto: «Twitter»

Nyu-Gempshirda yashovchi fermer Stiv Geddes AQSh tarixidagi eng katta qovoqni yetishtirdi.

Qovoqning og‘irligi naq 1147 kilogramm (2528 funt) bo‘lib, oldingi milliy rekordni (1072 kilogramm) yangiladi. Geddes yetishtirgan Amerika tarixidagi eng katta qovoqning og‘irligi jahon rekordiga yetishiga 43 kilogramm qoldi.

Eslatib o‘tamiz, belgiyalik Matiass Vileman 2016-yili yetishtirgan qovoq 1190 kilogramm tosh bosgan.

Eng katta qovoq yetishtirgan Geddesga qishloq xo‘jaligi yarmarkasida 6 ming dollar mukofot puli topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring