Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikalik mashhur yozuvchilar ChatGPTni sudga berishdi

Amerikalik mashhur yozuvchilar ChatGPTni sudga berishdi

Amerikalik Yozuvchilar va Mualliflar Gildiyasi ChatGPT chatbotini ishlab chiqaruvchi OpenAIga qarshi sudga murojaat qildi. Bu haqda Gildiyaning rasmiy sayti xabar berdi.

Da’vo arizasiga Jordj R. R. Martin, Jon Grishem, Jodi Pikolt, Jonatan Franzen, Silviya Dey, Elin Xildebrand va boshqa mashhur yozuvchilar imzo chekishgan.

Ularning ta’kidlashicha, ChatGPT da yozuvchilarning matnlari ruxsatsiz ishlatilgan va ularga to‘lov qilinmagan. Shuningdek, da’vo arizasida aytilishicha, ushbu matnlarsiz chatbot boshqacha bo‘lardi.

Da’vogarlar Manxetten sudidan OpenAIni aybdor deb topishni va mualliflarga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlashni so‘rashgan. ChatGPT ishlab chiqaruvchisi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, chatbotni o‘qitishda foydalanilgan barcha matn materiallari qonuniy ravishda ochiq manbalardan olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring