Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AnadoluJet aviashirkati Anqara va Toshkent o‘rtasida parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

AnadoluJet aviashirkati Anqara va Toshkent o‘rtasida parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Turkiyaning AnadoluJet aviakompaniyasi 17 apreldan Anqara–Toshkent–Anqara yo‘nalishini ochadi.

«Dunyo» axborot agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston elchixonasi  xodimlari va AnadoluJet boshqaruvi kengashi raisi Said Shamil Karakash bilan uchrashuvda ikki qardosh mamlakat o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar sonini oshirish, bu borada loukoster aviakompaniyalarni keng jalb etish muhokama qilingan.

O‘zbekiston va Turkiya poytaxtini bog‘lovchi reyslarning qo‘yilishi esa turizm imkoniyatlarini kengaytirishi va savdo aloqalarida yangi ufqlar ochishi qayd etilgan.

AnadoluJet shirkati ma’lumotiga ko‘ra, parvozlar haftasiga bir marta Boeing 737−800 uchoqlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Turkish Airlines huzurida 2008 yilda tashkil qilingan AnadoluJet aviatashuvchisi 75 ta samolyotga ega. Shirkat 89 ta yo‘nalishda ichki va xalqaro reyslarni amalga oshiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring