Andijon shahar hokimi shifoxonaga yotqizildi
Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov shifoxonaga yotqizildi. Shahar hokimi yurak aritmiya kasalligi bilan og‘rigani aytilmoqda.
2022-yilning 24-mart kuni shifoxonaga yotqizilgan Bahrom Haydarovning ayni paytdagi ahvoli yaxshi, deyiladi xabarda.
Bahrom Haydarov avvalroq, jami 8 ta holatda 19 618 kvadrat metr yerni noqonuniy ajratish orqali jami 1 milliard 779 million so‘m minimal auksion bahosi qiymatidagi pul mablag‘larini davlat budjetiga undirilmagani va davlat manfaatlariga zarar yetkazishda ayblangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter