Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon shahridagi «O‘zbegim» majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi

Andijon shahridagi «O‘zbegim» majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi

Skrinshot

Bugun Andijon shahrining Cho‘lpon shohko‘chasida joylashgan «O‘zbegim» savdo majmuasining tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi.

Andijon viloyati FVB yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in natijasida bino tom va shift qismining 30 kv.m. maydoni zararlangan.

Jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Voqea joyiga viloyat FVB hamda tegishli tashkilotlar rahbariyati yetib borishgan. Vaziyat oqibatlarini bartaraf etishga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta avtonarvon jalb etilgan.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring