Andijonda mashina gaz balonini to‘ldirilish vaqtida noxush hodisa sodir bo‘ldi
AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida noqonuniy o‘rnatilgan va texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan gaz balonlari bilan bog‘liq raqamlar keltirildi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Erali Bozorovga ko‘ra, 2021 yilda o‘tkazilgan reydlar davomida 2928ta transport vositasiga noqonuniy, o‘zboshimchalik bilan gaz balon o‘rnatish holati aniqlandi.
Amaldagi tartibga muvofiq, transport vositasiga o‘rnatilgan gaz balonlari har uch yilda texnik sinovdan o‘tkazilishi lozim. Biroq 3 mingdan ortiq holatda transport vositalari sinovdan o‘tkazilmasdan boshqarib yurganligi aniqlandi. Ko‘rilgan choralar natijasida noqonuniy o‘rnatilgan va sinovdan o‘tkazilmagan balonlarning 2 mingga yaqini yechib olindi.
Bu kabi holatlar fuqarolarning hayotiga xavf tug‘dirmoqda. Masalan, Andijon viloyatida shu yilning 1 yanvar kuni noqonuniy o‘rnatilgan balonga gaz to‘ldirilishi oqibatida transport vositasi haydovchisi og‘ir jarohat oldi, uning ortidagi taksi haydovchisi esa vafot etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter