Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda itlar galasi talagan bolakayning ahvoli haqida ma’lumot berildi

Andijonda itlar galasi talagan bolakayning ahvoli haqida ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda bolani it tishlaganligi haqida xabarlar tarqatildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2023 yil 9 iyul kuni Xo‘jaobod tumanining «Mustaqillikning 30 yilligi» mahallasida itlar galasi xolasining yashash xonadoniga mehmonga kelgan, Paxtaobod tumani Qorashox MFYda yashovchi 17.10.2018 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan B. Ya.ni talashi sababli bola bir necha joyidan tan jarohat olgan.

«Viloyat markazidagi shifoxonada davolanayotgan bolaning umumiy ahvoli nisbatan qoniqarli, hushida, o‘zi mustaqil ovqatlanmoqda, harakatlanmoqda.

Bolada o‘ng yuzi, ikkala quloq suprasi, chap o‘mrov sohasi, ko‘krak qafasi orqa yuzasi, ikkala yelka, dumg‘aza sohasida it tishlagan jarohatlari bor, davolanish jarayonlari viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i va tibbiy markaz direktori nazoratiga olingan, bolada quturish alomatlari yo‘q», deyiladi viloyat SSB xabarida.

Ayni vaqtlarda tegishli mutasaddi tashkilotlar holatni nazoratga olgani, Xo‘jaobod tumanidagi hududda daydi itlarni tozalash ishlari olib borilishi ma’lum qilingan.

Avvalroq Samarqandda taksichi bir bolani itlar galasidan qutqarib qolgani xabar berilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring