Andijonda kanal suvi toshib ketgani aytildi

11-oktyabr, shanba kuni soat 07:58 da Andijon tumani «Qumko‘cha» MFY hududidan oqib o‘tuvchi SRK-1 mahalliy kanalida suv hajmi ortib ketgani xisobiga qirg‘oq va dambalaridan qisman suv toshib chiqqan. Natijada esa bir nechta aholi yashash xonadonlarining tomorqasiga suv kirgan. Viloyat FVB xabariga ko‘ra, hozirda Irrigatsiya tarmoqlari boshqarmasi tomonidan ushbu mahalliy kanalga suv tashlash to‘xtatilgan.
«Hozirda damba va qirg‘oqni muhandislik texnikalari bilan tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan», – deyiladi rasmiy xabarda.
Hodisa joyiga FVB, hokimlik, qutqaruv bo‘linmalari hamda Irrigatsiya tizimlari kuch va vositalari yetib borgan.
Manba: t.me
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter