Andijonda nevarasini qutqarmoqchi bo‘lgan bobo ham qurbon bo‘ldi
Joriy yilning 16 dekabr kuni Andijon viloyatining Baliqchi tumanida baxtsiz hodisa tufayli ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Postda» gazetasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu tumanda yashagan, 2002 yilda tug‘ilgan Z. K. o‘z joniga qasd qilib, uyi oldidan oqib o‘tuvchi «Qoradaryo» kanaliga o‘zini tashlagan vaqtda buni 65 yoshli bobosi ko‘rib qolgan.
Nevarasini qutqarish uchun u ham suvga tushgan. Lekin oqim kuchliligi va suvning sovuqligi vaziyatni yanada og‘irlashtirgan. Nevaraga qo‘shilib, bobo ham cho‘kib ketgan.
Jasadlarni suvdan qidirib topish choralari ko‘rilgan. Surishtiruvni prokuratura olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter