Andijonda o‘qituvchilar hasharga chiqarildi: vazirlik bayonoti

Andijonda o‘qituvchilar maktab hashariga jalb etilgani xabar berildi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ko‘ra, vaziyat nazoratga olingan va o‘rganilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi 42-umumta’lim maktabi o‘qituvchilarining maktab ta’miri ishlariga jalb qilinganligiga doir xabarlar tarqaldi.
Ayni vaqtda mazkur holat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan qat’iy nazoratga olingan hamda atroflicha o‘rganib chiqilmoqda.
Aytish lozimki, “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunida pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish taqiqlanishi aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, ularni biron-bir shaklda mehnatga ma’muriy tarzda majburlash qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Shu nuqtai nazardan yuqoridagi holatga sababchi bo‘lgan mas’ul xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda ta’sir choralari ko‘rilishi ta’minlanadi.
"Ijtimoiy tarmoq faollaridan bitta maktabdagi holatni umumiy vaziyat sifatida baholamaslikni so‘raymiz", deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter