Angren yaqinida dahshatli YTH. Toshkent — Farg‘ona yo‘li yopilgan

Angren shahridan o‘tadigan A370 trassasida dahshatli yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga qaraganda, temir yo‘l kesishmasida avtobus va poyezd vagoni to‘qnashib ketgan.
Guvohlarning ma’lumot berishicha, yo‘l-transport hodisasida kamida ikki avtobus va bitta Damas qatnashgan. Ayni vaqtda Toshkent — Farg‘ona yo‘li Angren shahriga yetmasdan yopilgan, YPX xodimlari avtomobillarni Nurobod, Ilg‘or, Qo‘shsoy qishloqlaridan o‘tadigan aylanma yo‘lga yo‘naltirmoqda.
Xabar.uz muxbiri Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati bilan aloqaga chiqdi, ayni vaqtda vaziyatga oydinlik kiritish uchun rasmiy javob olinishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter