Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Anqara Eron nefti borasida javobini aytdi

Anqara Eron nefti borasida javobini aytdi

Foto: «Press TV»

Anqarada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani Turkiya iqtisod vaziri Nihat Zeybekji AQSh davlat departamentining Eron neftini import qilishni to‘xtatishni so‘rab qilgan talabiga javob qaytardi. Bu haqda Eronning «Press TV» kanali ma’lum qilmoqda.

«AQSh qabul qilgan qaror bizga taalluqli emas deb hisoblaymiz va Eron bilan yadro masalalari bo‘yicha BMT rezolyusiyalarini hurmat qilgan holda savdo qilishda davom etamiz. Shu bilan birga, biz faqat o‘zimizning milliy manfaatlardan kelib chiqib harakat qilamiz. Bundan tashqari, xalqaro normalarga to‘g‘ri kelmaydigan ushbu qaror do‘stlarimizga zarar yetkazmasligiga ham harakat qilamiz», — deya bayonot berdi Zeybekji.

Tramp ma’muriyati Eron neftini import qilmoqchi bo‘lgan davlatlarga iqtisodiy sanksiyalar bilan tahdid qilmoqda. Ushbu sanksiyalar 4 noyabrdan kuchga kirishi kutilayapti. Bu qaror jahon bozorida neft narxining oshishiga olib kelishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring