Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Apple Siri’ni kuchaytirish uchun Gemini’dan foydalanishi mumkin

Apple Siri’ni kuchaytirish uchun Gemini’dan foydalanishi mumkin

Bloomberg‘ning xabar berishicha, Apple kompaniyasi Google bilan muzokara olib bormoqda. Suhbatlar Siri ovozli yordamchisining yangi avlodini yaratish haqida bo‘lib, unda Google’ning Gemini sun’iy intellekt modeli qo‘llanilishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Apple Google’dan maxsus Siri uchun moslashtirilgan individual model ishlab chiqishni so‘ragan. Bu model Apple’ning serverlarida ishlaydi.

Hozircha kompaniya yakuniy qarorga kelmagan: Siri’ni o‘zining ichki modellari asosida rivojlantiradimi yoki Google bilan hamkorlik qiladimi – noma’lum.

Avvalroq Apple sun’iy intellekt sohasidagi boshqa yetakchi kompaniyalar — Anthropic va OpenAI bilan ham muloqot qilgan edi. Unda Claude yoki ChatGPT modellarini Siri’ning «asosiy miyasi» sifatida qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilingan.

Agar kelishuv amalga oshsa, Siri 2026 yildan boshlab tubdan yangilanishi kutilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring