AQSh koronavirusni yuqtirishlar umumiy soni bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirdi

«Wordometers» ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-2019 koronavirusini yuqtirishlar soni bo‘yicha AQSh dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi.
Ayni paytga kelib, AQShda koronavirusni yuqtirganlar soni 83 016 nafarga yetdi. Qurbonlar — 1 197, sog‘ayib ketganlar — 1 864 nafar.
Ikkinchi o‘rinda — Xitoy (81 285). E’tiborga sazovor bir fakt — oxirgi sutkada Xitoyda bironta ham yangi kasal aniqlanmadi.
Uchinchi o‘rindagi Italiya (80 589) ham bugun Xitoyni ortda qoldirishga juda yaqin turibdi — Apennin yarimorolida so‘nggi kecha-kunduzda koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 6 203 ta yangi holat qayd etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter