AQSh Politico, NYT, AP va boshqalarni moliyalashtirishni to‘xtatdi

Amerikaning Politico, The New York Times gazetalari va Associated Press agentligi AQSh tomonidan moliyalashtirilishi to‘xtatildi.
Ilon Mask rahbarlik qilayotgan davlat boshqaruvi samaradorligi departamenti (DOGE) bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. Departament kutilgan natijani bermagan yoki tegishlicha bajarilmagan media va konsaltingga oid jami 78 ta shartnomani bekor qilgan, ular orasida DEI dasturlari (xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik) ham bor. Aytilishicha, bu shartnomalarni bekor qilish orqali 110 mln dollar tejaladi.
WikiLeaks ma’lumotiga ko‘ra, USAID 707 ta OAV hamda «media» yo‘nalishidagi 279 ta notijorat-nohukumat tashkilotining 6 200 nafar jurnalistini moliyalashtirgan. Qolaversa, USAID Ukraina matbuotining asosiy donorlaridan bo‘lgan, mamlakatdagi har 10 ta nashrdan 9 tasi chet eldan moliyalashtiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter