Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh va Kubaga «Ien» dovuli yopirildi (foto)

AQSh va Kubaga «Ien» dovuli yopirildi (foto)

Foto: Joe Raedle/Gerardo Mora/Sean Rayford/Joe Raedle/Getty Images, REUTERS/Marco Bello

O‘tgan seshanba kunidan boshlab Karib mamlakatlari va AQShga «Ien» dovuli yopirildi.

«Ien» dovuli kuchi eng shiddatli pallasida Saffir-Simpson shkalasi bo‘yicha besh ballik tizimda to‘rt ballga chiqdi. Dovul markazida shamolning maksimal tezligi 195 km/soatni tashkil etdi.

Kubaga dovul seshanba tongida g‘arbdan kirib keldi. Butun mamlakatda elektr uzilib qoldi. Poytaxt Gavanada shamolning tezligi 90 km/soatgacha yetdi. Eng kuchli zarbani Pinar-del-Rio hududi qabul qilib oldi. Bu yerda yashovchi 50 ming kishi boshqa hududga ko‘chirildi. Hudud markazidagi uylar buzilib, ko‘chalarni suv bosgan.

Suratlarda dovulning Kuba va AQShdagi oqibatlari aks etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring