Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShda 30 yoshli chaqaloq tug‘ildi

AQShda 30 yoshli chaqaloq tug‘ildi

Foto: chaqaloqning onasi Lindsi Pirs taqdim etgan

AQShda 30 yildan ko‘proq vaqt saqlangan embriondan bola dunyoga keldi. Bu haqda MIT Technology Review jurnali xabar berdi.

26-iyul sanasida dunyoga kelgan o‘g‘il bola — Taddeus Deniyel Pirs «eng qari chaqaloq» rekordini yangiladi, deb yozdi nashr. Aytilishicha, bolaning ota-onasi 1994-yilda EKO (ekstrakorporal urug‘lantirish)dan o‘tgan ayolning embrionini «asrab olishgan».

Jami to‘rtta embrion yaratilgan va ularning biri ayolning bachadoniga joylashtirilgan, qolgan uchtasi kriokonservatsiyalanib, saqlab qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring