Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda poyezd izdan chiqib ketdi

AQShda poyezd izdan chiqib ketdi

Foto: «Anado‘lu»

AQShning Ayova shtatida poyezd izdan chiqib ketishi oqibatida vagonlardagi 871 tonna neft daryoga to‘kilib ketdi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

Ayova shtatining Dun shahrida relsdan chiqib ketgan poyezddagi 871 tonna neft Litl-Rok daryosiga to‘kilgan.

Ayni paytda daryodagi neft yig‘ib olinyapti. Bu avariyaning atrof-muhitga zarari to‘g‘risida hali biror gap-so‘z yo‘q.

Poyezd kuchli yog‘ingarchilik tufayli relsdan chiqib ketgan bo‘lishi taxmin qilinyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring