Arab va islom davlatlari Isroilning BMTga a’zoligini to‘xtatishga chaqirdi

Arab va islom davlatlari Isroilning BMTdagi a’zoligini to‘xtatish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Arab davlatlari ligasi va Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar yetakchilarining Dohadagi sammitida Tel-Avivning rejalariga qarshi turish zarurligi ta’kidlandi.
«Isroilning mintaqada yangi status-kvoni o‘rnatish rejalariga qarshi turish zarurligi tasdiqlandi, chunki bu mintaqaviy hamda xalqaro barqarorlik va xavfsizlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid soladi», — deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, 15-sentyabr kuni Doha shahrida arab va islom davlatlari rahbarlarining favqulodda sammiti bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbarlari Isroilning Qatarga zarbalariga javoban yagona pozitsiyani ishlab chiqish uchun uchrashdi.
Tadbirda Eron va Turkiya prezidentlari Mas’ud Pezeshkiyon va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon, Falastin ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos va Suriyaning o‘tish davri prezidenti Ahmad ash-Shar’a ishtirok etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter