Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urush qaytadan boshlanadimi? Netanyahu Tramp bilan gaplashdi

Urush qaytadan boshlanadimi? Netanyahu Tramp bilan gaplashdi

Foto: Anadolu Ajansi

Isroil va AQSh yetakchilari o‘zaro suhbat o‘tkazdi. Bu haqda Isroil Bosh vaziri idorasi vakili The Times of Israel nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi. Benyamin Netanyaxu va Donald Tramp Erondagi urushni muhokama qilgan. 

Gazeta xabariga ko‘ra, suhbat Isroilda yopiq xavfsizlik yig‘ilishi arafasida bo‘lib o‘tgan. 

Netanyaxu 17-may kuni Quddus kuni sharafiga o‘tkazilgan vazirlar mahkamasi yig‘ilishida Trampga qo‘ng‘iroq qilish rejasini e’lon qildi.«Men uning Xitoyga safari haqidagi taassurotlarini va ehtimol boshqa masalalar bo‘yicha fikrlarini ham albatta eshitaman. Mumkin bo‘lgan ko‘plab ssenariylar mavjud; biz har qanday ssenariyga tayyormiz», dedi u. 

16-may kuni The New York Times gazetasi Yaqin Sharqdagi rasmiylarga tayanib, AQSh va Isroil Eronga yangi zarbalar berishga tayyorgarlikni kuchaytirayotgani haqida xabar berdi. Gazetaning yozishicha, reja Eron harbiy inshootlari va infratuzilmasini yanada agressiv bombardimon qilishni o‘z ichiga oladi. . 

Amerika prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Erondagi mojaro harbiy jihatdan 70-75 foizga tugagan. 

Bu hafta ikkala tomon ham muzokaralarni qayta boshlash uchun beshta shart qo‘ydi. Eron urushni tugatishni, jumladan, Livanda sanksiyalarni bekor qilishni, Eron aktivlarini ozod qilishni, jangovar harakatlar natijasida yetkazilgan zararni qoplashni va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ustidan suverenitetini tan olishni talab qilmoqda. 

Vashington o‘z navbatida Tehrondan to‘lovlar, kompensatsiya va aktivlarni ozod qilish bo‘yicha barcha talablardan voz kechishni, 400 kg uranini Qo‘shma Shtatlarga topshirishni va faqat bitta yadroviy inshootning ishlashini davom ettirishni talab qilmoqda. Amerika tomoni harbiy harakatlarning to‘xtatilishi muzokaralar jarayoniga bog‘liq bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring