Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Arda Guler Ronalduning rekordini yangiladi

Arda Guler Ronalduning rekordini yangiladi

Madridning «Real» klubi va Turkiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Arda Guler mashhur portugaliyalik Krishtianu Ronalduning rekordini ortda qoldirdi. Turkiyalik futbolchi Yevro-2024dagi debyut uchrashuvida gol urgan eng yosh futbolchi bo‘ldi.

Turkiya terma jamoasi yarim himoyachisi 2024-yilgi Yevropa chempionatida Gruziya terma jamoasi darvozasiga gol urganidi va uning jamoasi raqibni 3:1 hisobida mag‘lub etgani xabar qilingandi. Turklarning o‘zlari esa tarixda birinchi marta Yevropa chempionatidagi 1-tur o‘yinida g‘alaba qozonishdi.

Arda 19 yoshu 114 kunligida Yevrodagi debyut o‘yinida gol urgan eng yosh futbolchi sifatida qayd etildi. Avvlgi rekord Krishtianu Ronalduga tegishli edi. U 2004-yilgi qit’a chempionatida 19 yoshu 128 kunligida gol urgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring