Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Argentina bilan o‘yin oldidan Nigeriya sardorining otasi o‘g‘irlangan ekan

Argentina bilan o‘yin oldidan Nigeriya sardorining otasi o‘g‘irlangan ekan

Foto: «Goal.com»

Nigeriya terma jamoasi yarim himoyachisi Jon Obi Mikelning otasi Argentinaga qarshi JCh-2018 uchrashuvidan oldin o‘g‘irlab ketilgan, deb xabar berdi «Sports.ru».

26-iyun kuni, JCh guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvidan bir necha soat oldin jamoa sardori otasi o‘g‘irlab ketilganini bildi. Oila a’zolaridan biri Obi Mikelga qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘rilar bilan bog‘lanishi kerakligini aytgan. Jinoyatchilar Obi Mikelga kimgadir bu haqida aytsa, otasini o‘ldirish bilan tahdid qilishgan va pul talab qilishgan.

Futbolchining otasi Pa Mikel Obi motam marosimiga ketayotganida, Nigeriya janubi-sharqida o‘g‘irlab ketilgan. Politsiya uni bir haftadan so‘ng ozod qilishga muvaffaq bo‘ldi, ammo u qattiq qiynoqqa solingani tufayli ayni damda kasalxonada davolanmoqda.

Obi Mikelning otasi 2011-yilda ham o‘g‘irlangan edi.

«Otam jinoyatchilar qo‘lida vaqtida futbol o‘ynaydim. Jarohatim ham (qo‘ldagi shikastlanish) unutdim. 180 million nigeriyalikka pand bermasligim kerakligini tushundim. Hammasini unutib, o‘z vatanim sharafini himoya qildim. Baxtimga otam qutqarildi. Politsiya va hukumatga rahmat aytaman. Afsuski, otam ayni damda kasalxonada, qiynoqlar asoratidan davolanmoqda» — degan Obi Mikel.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring